Bironta biznesni rivojlantirish yoki boshqa ehtiyojlar uchun bank xizmatlaridan foydalanib,kreditlar olish hozirda odatiy xolga aylangan. Lekin foydalangan pul mablag‘larini muddatida qaytarish masalasi turli muammolar sabab har doim ham birdek hal bo‘lmaydi.
Ammo qarz oldi-berdi shartnomasining o‘z majburiyatlari bo‘lgani kabi, qarzdorlik vaqtida to‘lanmasa majburiy tartibda undirilishi qonunda ko‘rsatilgan.
Byuroning Olmaliq shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining qarzdor K.Rahmonovadan da’vogar “KAPITALBANK” ATB foydasiga uchun 82.320.283 so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga tegishli, garov mulki bo‘lgan,“DAMAS” rusumli avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib xatlandi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga topshirildi.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining qarzdor D.Bo‘riyevadan «Kapital bank» ATB foydasiga 150.122.368 so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga tegishli, garov mulki bo‘lgan, “NEXIA" 3” rusumli avtotransport vositasi ro‘yxatga olinib xatlandi va vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga topshirildi.
Hozirda mazkur ro‘yxatga olinib, xatlangan avtotransport vositalarini auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.