Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qarzdorlik izidan: 1 400 dan ortiq avtomashina jarima maydonchasida

Qarzdorlik izidan: 1 400 dan ortiq avtomashina jarima maydonchasida

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi Qidiruv sho‘’basi tomonidan qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklarini topish, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida mamlakat bo‘ylab tezkor qidiruv tadbirlari izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Yil boshidan buyon Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reydlar davomida qarzdorlarga tegishli, muqaddam qidiruv e’lon qilingan 1 457 ta avtomashina topilib, jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan 273 tasi garov mulki hisoblanadi.

🔹 Masalan, Jizzax shahrida yashovchi fuqaro V.A. sud qaroriga ko‘ra bank foydasiga kredit qarzini to‘lamay, garovdagi “Lasetti” avtomashinasini yashirgan.
Biroq qidiruvchilar uning iziga tushishdi — avtomashina topilib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.

⚖️ Majburiy ijro byurosi qidiruvchi xodimlari tomonidan qarzdorlik va yashirilgan mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

Kiritildi: 16:28 13.11.2025. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!