Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romiton tumanlararo sudining qaroriga asosan, J.Nazimovdan undiruvchi M.Nazarova foydasiga bir nafar farzandi uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 14.01.2025 yilda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilda qarzdorning yashamayotganligi aniqlangan. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan, qarzdorning chetga chiqish huquqlari 20.01.2025 yilda vaqtincha cheklangan.
Qarzdor 14.05.2025 yilda topilgan va aliment qarzi 2024 yil 9-sentyabrdan 2025 yil 14-maygacha 9.918.073 so‘mni tashkil etganligi aniqlangan. Aliment pullarini to‘lamaganligi sababli, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Marg‘ilon shahar sudiga taqdim etilgan va qarzdorga MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan