Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Qarzdor korxonaning qidiruvdagi “Niva”si omborxonadan topildi

Qarzdor korxonaning qidiruvdagi “Niva”si omborxonadan topildi

Majburiy ijro byurosining Urganch tumani bo‘limi ish yurituviga qarzdor jamiyatning soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy holatini o‘rganish maqsadida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga so‘rovnomalar yuborilgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor jamiyatga tegishli "Niva" rusumli avtotransporti mavjudligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor mazkur avtotransport vositasini xatlovdan yashirganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan “Niva” rusumli avtotransport omborxonada yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtotransport vosita auksion savdolarida sotilib, tushgan pullar jamiyatning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarini qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: 21:55 13.08.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!