1 avgustdan O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochmoqchi bo‘lgan yoshlarga 131,8 million so‘m miqdorida foizsiz qarz beriladi.
Talablar:
– kamida C1 darajadagi til sertifikati (2 yildan oshmagan bo‘lishi kerak);
– yillik o‘quvchilarning 20% “Yoshlar daftari”dagilardan bo‘lishi shart;
– qarz muddati – 3 yilgacha, 6 oy imtiyozli;
– yakka tadbirkorlar va yoshlarga tegishli yuridik shaxslar olishi mumkin.