Qarshi davlat universiteti o‘qituvchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudda asossiz deb topilib, u oqlandi.
Sudda ish materiallari o‘rganilganda, ayblov asosan bir necha bor tezkor tadbirlarda ishtirok etgan “xolislar” va ariza bergan shaxs ko‘rsatmalariga tayangani aniqlangan.
Shuningdek, ariza bergan shaxs o‘qituvchini o‘zi qidirib topib, bir necha bor murojaat qilgani ma’lum bo‘lgan.
Sud qonun talablariga zid tarzda to‘plangan materiallar asosida shaxsni aybdor deb topib bo‘lmasligini ta’kidlab, o‘qituvchini oqlash haqida qaror chiqardi.