Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Qarshida ko‘pchilikning oylik maoshi vaqtida berilmayotganligi aytildi

Qarshida ko‘pchilikning oylik maoshi vaqtida berilmayotganligi aytildi

Qarshi shahridagi murojaatlarning 146 tasi oylik maoshlar kechikayotgani bilan bog‘liq.

Hokimning birinchi o‘rinbosari oylik to‘lamayotgan tashkilotlarning moliyaviy ahvolini tahlil qilib, xomashyo, aylanma mablag‘, infratuzilma, bozor topish bilan bog‘liq masalalarini hokimning investisiya bo‘yicha o‘rinbosari va banklar bilan hal qilib beradi. Bu haqda Prezident videoselektorida aytib o‘tildi.

Oylikni asossiz bermayotgan korxonalardan esa o‘rnatilgan tartibda majburiy undiriladi.

Qarshi shahrida bugungi kunda 35 ming xonadonli 930 ta ko‘p qavatli uy bor. Ularga 40 ta boshqaruv servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyatidan norozilik bildirilgan 111 ta shikoyat kelib tushgan.

Hokimning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari eng ko‘p murojaat tushgan Cho‘lquvar, Nuriston, Oydin mahallasiga borib, aholi va boshqaruv kompaniyalari bilan uchrashishi belgilandi. Bunda boshqaruv kompaniyalari puldan qiynalayotgan bo‘lsa, ularga aylanma mablag‘ topib beradi.

Elektr, yo‘l, suv yoki kanalizasiya bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ushbu masalani Islohotlar shtabiga berib, investisiya dasturiga qo‘shimcha kiritadi, Majburiy ijro byurosi bilan boshqaruv kompaniyalarining debitor qarzdorligini undirishga ko‘maklashadi.

Kiritildi: Bugun 15:03. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!