Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qarshida 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam ko‘rsatilmagan o‘quvchi esa vafot etdi

Qarshida 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan haydovchi voqea joyidan qochib ketdi. Yordam ko‘rsatilmagan o‘quvchi esa vafot etdi

2 aprel kuni soat 12:30 larda Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan Qarshi choyxonasi tomon harakatlanib ketayotgan Nexia ushbu hududda joylashgan 21-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Daryo ga Yo‘l harakati xavfsizligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Ahror Usmonov ma’lum qilmoqda.

Ahror Usmonovga ko‘ra, haydovchi hududdagi yuqori tezlikni cheklovchi yo‘l belgisiga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2011 yilda tug‘ilgan o‘quvchi Y.I. ni urib yuborgan va jabrlanuvchiga birinchi yordamni ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda jabrlanuvchi Y.I. voqea joyida vafot etgan.

Voqeadan xabardor qilingan Yo‘l patrul xizmati xodimlari sa’y-harakati bilan haydovchi, Qarshi shahri Shayxali shaharchasi Muborak ko‘chasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan J.S. otasiga tegishli oq rangli Nexia da shahar hududida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra, Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limi kuzatilsa, haydovchi muayyan huquqdan mahrum qilinib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Kiritildi: 14:15 04.04.2019. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!