Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qarshi tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilgan do‘kon fosh etildi

Qarshi tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilgan do‘kon fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.I.” MCHJ rahbari SH.U. va do‘kon sotuvchisi SH.O. xaridorga bir xil seriya raqamli qalbaki aksiz markali 36 dona “Shahrisabz” nomli alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 557 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:08 18.04.2025. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!