Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib Sherzod Ne’matov tayinlandi.
19-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov Qarshi davlat texnika universitetida bo‘lib, hukumat qaroriga muvofiq rektor lavozimiga tayinlangan Sherzod Qalandarovich Ne’matovni universitet jamoasiga tanishtirdi.
Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar boshqarmasi, viloyatda mavjud barcha oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari hamda Qarshi davlat texnika universiteti jamoasi ishtirok etdi.
SH. Ne’matov bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.