Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qariya va imom rivoyati (albatta, o‘qing )

Qariya va imom rivoyati (albatta, o‘qing )

Bir imom bor ekan. U doimo namozini xushu bilan o‘qir, jamoat juda ham yaxshi ko‘rarkan bu imomni.
Imom kunlarning birida jamoat bilan peshin namozini o‘qiëtgan paytda sunnat namozini o‘qib o‘ngga salom berganida oq soqolli qariyaga ko‘zi tushibdi.
Chapga salom berib darrov o‘ng tomonga qarasa, qariya yo‘q.
Farz namozda ham ayni holat. Imom bu holatdan juda hayron bo‘libdi.
Peshin namozining so‘ng sunnatida o‘ngga salom berib chapga salom berishdan oldin “Amaki, siz kimsiz? O‘ngga salom bersam ko‘rinasiz, chapga salom berib o‘ngga qarasam yo‘q bo‘lib qolasiz. Kimsiz siz?” deb so‘rabdi qariyadan.
- Agar mening kimligimni bilmoqchi bo‘lsang, jamoatni o‘zing bilan olib shaharning qorong‘u ko‘chasi va qo‘rqinchli ko‘chasidan o‘t. Ko‘chadan o‘tganingdan keyin oldingdan yashil eshik chiqadi. Eshik peshtoqiga “La ilaha illalloh, Muhammadun Rasululloh” deb ëzilgan. Eshikni ochib ichkariga kir. O‘shanda mening kimligimni bilasan, - debdi qariya.
Imom darrov jamoatga qarab bo‘lgan voqeani aytib beribdi. “Men bilan borasizlarmi qariya aytgan ko‘chaga?” deb so‘rabdi.
Jamoat rozi bo‘libdi. Ammo qorong‘u va qo‘rqinchli ko‘chaga kelganda imom orqasiga qarasa, jamoatdan hech kim yo‘q. Hamma qochib ketibdi.
Imom ko‘chadan o‘tib yashil eshikni ko‘ribdi. Eshikning go‘zalligidan ko‘zlari qamashibdi.
Eshikni ochib ichkariga kiribdi. Ichkarida esa masjidda imom ko‘rgan qariya.
- Aytganlaringizni qildim. Siz aytgan ko‘chadan o‘tdim, lekin jamoat meni tashlab qochib ketdi. Endi ayting, siz kimsiz?
Qariya kulib debdi:
- Men Azroilman. Sen peshin namozining sunnatida o‘ngga salom berganingda ruhingni xamirdan qil sug‘urganday oldim, lekin sen buni sezmading. Qorong‘u ko‘cha bu sening tobuting. Jamoat seni yelkasida ko‘tarib keldi va qo‘rqinchli ko‘chaga ya’ni qabrga qo‘ydi. Sening imoning shu daraja quvvatliki, xushu bilan o‘qiganing namozlar va imomliging seni bu yerlargacha olib keldi. Bu yer esa jannat..

Kiritildi: 02:18 19.05.2018. O'qildi: 2274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!