Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qarisi bor uyning soliq imtiyozi bor

Qarisi bor uyning soliq imtiyozi bor

Pencionerlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilinadi. Bunday soliq imtiyozi quyidagi tartibda qo‘llaniladi:

🔹Mol-mulk solig‘idan pensionerlarning 60 m² doirasidagi mol-mulki ozod qilinadi.

🔹 Yer solig‘idan faqat yolg‘iz pensionerlar ozod qilingan.

❗️Yolg‘iz pensionerlar – yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar.

Imtiyozlar pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

🖇Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini soliq ob’ekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Kiritildi: 04:00 24.07.2025. O'qildi: 6321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!