Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi?

A A A
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi?

Diyetolog Pigareva: gazli ichimliklar, souslar, sut mahsulotlari va myuslida shakar “yashiringan”
Qanday mahsulotlar tarkibida “yashiringan” shakar bor va buni qanday aniqlash mumkin? Bu haqida V.V.Vinogradov nomidagi shifoxonasi klinik diyetologiya bo‘limi mudirasi, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, diyetolog Yuliya Pigaryova Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ba’zi insonlar butunlay shakardan voz kechdim deb xato o‘ylaydilar,- deydi u.- Gazli ichimliklardan tortib myusli (to‘g‘ralgan mevalar, yong‘oqlar va boshqa turli donlardan tayyorlangan nonushta uchun tayyor yorma)gacha va yana ko‘p mahsulotlarda shakar “yashiringan” bo‘ladi”.
“Birinchi o‘rinda - gazli ichimliklar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor. Shirin ichimliklarni odam ko‘proq ichishi mumkin. Asosan tomat pastasidan tayyorlangan souslar, turli xil ketchuplar. Odatda, odamlar bu kabi mahsulotlarda keragidan ortiq shakar borligini bilmaydi. Shuningdek, mevali yogurtlar va tvorogli masalliqlar, shirin sutli mahsulotlar, turli xil yormalar va nonushta uchun tayyor mahsulotlarda ham shakar ko‘p”, deydi Pigaryova
Inson bir sutkada o‘rtacha 1700 kilokaloriy sarf qiladi. JSST tavsiyasiga ko‘ra, rasionda oddiy uglevodlar hissasi 5-10% dan oshmasligi kerak. Bu degani, biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarda to‘qqiz choy qoshiqdan oshmagan miqdorda shakar bo‘lishi kerak. Mahsulotning kaloriyaliligini va uning tarkibidagi oddiy uglevodlarni aniqlash uchun mahsulot yorlig‘ini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, deydi mutaxassis
“Masalan, tarkibga ko‘ra mahsulotda shakar yo‘q, ammo baribir, unga topinambura, agava kabi turli sirop qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa oddiy shakar degani. Tibbiyotda tabiiy shirinlashtiruvchi vositalar oddiy shakarga qaraganda afzalroq, biroq shunda ham uning qancha miqdorda iste’mol qilinishi muhim. Bunday oddiy shakarlar bir sutkalik kaloriyalik hajmi bilan hisoblanishi kerak. Bunda mahsulot yorlig‘ini o‘qish juda muhim”, deya ta’kidladi Pigaryova.
“Agar mahsulot tarkibida baribir shakar bo‘ladigan bo‘lsa, unda shakar eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak, (yorliqlarda mahsulotning tarkibiy qismi ular miqdorining kamligiga qarab ko‘rsatiladi,- tahr.sharhi), deydi diyetolog.

Kiritildi: 00:00 05.06.2022. O'qildi: 3491 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!