Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qanday holatda jarimaning 30 foizini to‘lashdan ozod qilinish mumkin?

Qanday holatda jarimaning 30 foizini to‘lashdan ozod qilinish mumkin?

— Menga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXBning jarima solish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, MJtKning 1285-moddasi 2-qismi bilan 2.450.000 so‘m jarima tayinlangan. Qanday holatda jarimaning 70 foizini to‘lab, qolgan o‘ttiz foizidan ozod qilinishim mumkin?

SH.Kasimov, Toshkent viloyati

Murojaatga Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi Sherzod ESHMATOVdan javob oldik:

— 2020 yil 17 martdagi O‘RQ-612-sonli Qonunga asosan, MJtKga 3321-moddasi kiritilgan. Ushbu modda “Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi”ni belgilab beradi. Ya’ni, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, o‘n besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Shuningdek, soddalashtirilgan tartib qo‘yidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

  • ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
  • jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
  • xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda.
Kiritildi: 10:12 29.06.2021. O'qildi: 2639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!