Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

Kecha, 11 aprel kuni soat 21:53 da A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan Changan rusumli avtotransport vositasida yong‘in yuzaga keldi.

Yong‘inga avtomobil yukxonasida bo‘lgan elektroskuterning quvvatlagichida yuzaga kelgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Vaziyat haqida Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:09 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:11 da o‘rab olingan va soat 22:12 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Kiritildi: 19:02 12.04.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!