Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi (XQQ) G‘azodagi shifoxonalarga yuborish uchun 6,7 tonna "juda zarur dori-darmon va tibbiy jihozlar" tayyorlaganini ma’lum qildi. Biroq, qamalni hisobga olgan holda, bu hafta ta’minotning rejalashtirilganidek yetib bormasligi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
XQQning favqulodda vaziyatlar va gumanitar faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti Bob Kitchen: "Yordam yetkazish imkoniyati zudlik bilan qayta tiklanishi shart. To‘sib qo‘yilgan tibbiy jihozlar minglab odamlarga hayotni saqlab qoluvchi shoshilinch yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi," dedi.
U yana shunday dedi: "Gumanitar ehtiyojlar nihoyatda yuqori bo‘lgani sababli, yordamni kamaytirish emas, aksincha ko‘paytirish kerak. G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilishidan qat’i nazar, Isroil xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra yordam yetkazilishini ta’minlashga majburdir."