Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘illanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi

A A A
Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘illanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi

Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Polisiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.

Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Hozirga vaqtga ko‘ra qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetdi. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayolni kishini tashkil etmoqda.

Kiritildi: 01:31 15.01.2025. O'qildi: 1504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!