Pxenyan Moskvaga har qanday yordamni berishga tayyor va buni birodarlik burchi deb biladi.
Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Pekindagi uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Agar Moskvaga biror ko‘mak kerak bo‘lsa, biz buni albatta bajaramiz. Buni birodarlik burchimiz deb bilamiz va Rossiyaga yordam berish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — dedi Kim Chen In.
Putin, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylari Kim Chen Inning tashabbusi bilan Kursk viloyatidagi jangovar harakatlarda qatnashganini ta’kidladi, deya xabar beradi TASS.