Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Putinning Myunxendagi ogohlantirishlari Yevropa uchun voqelikka aylandi

Putinning Myunxendagi ogohlantirishlari Yevropa uchun voqelikka aylandi

Evropa davlatlari bugungi kunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali 2007 yildagi Myunxen konferensiyasida bashorat qilgan inqirozlarni boshidan kechirmoqda. Bu haqda Turkiyaning "dikGazete" nashri yozmoqda.

O‘shanda Putin bir qutbli dunyoni, NATOning kengayishini va AQShning Sharqiy Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish rejalarini tanqid qilgan edi. Nashrning ta’kidlashicha, o‘sha paytda uning so‘zlari jiddiy qabul qilinmagan.

"Putinning signallari... Yevropa uchun kun tartibidagi asosiy bandlarga aylandi. Xavfsizlik, tiyib turish, jamoaviy mudofaa. Bularning barchasi o‘shanda Myunxenda yangragan ogohlantirishlarning kechikkan aks-sadosidir", — deyiladi materialda.

Mualliflarning qayd etishicha, Yevropa Rossiya bilan umumiy xavfsizlik arxitekturasini yaratishdan bosh tortgan va endi o‘zining strategik "kaltabinligi" mevalarini yig‘moqda.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!