Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor, ammo bu uchun ayrim sharoitlar zarur – Peskov

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor, ammo bu uchun ayrim sharoitlar zarur – Peskov

Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Zelenskiyning uchrashuvini o‘tkazish uchun hozircha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmayapti.

«Bunday uchrashuvga hozircha barcha tayyorgarlik ishlari olib borilgani yo‘q. Eslashimiz mumkin, prezidentning o‘zi ishning zarur qismi ekspertlar darajasida amalga oshirilgandan va kerakli masofa bosib o‘tilgandan so‘ng bunday uchrashuvni o‘tkazish imkoniyatini doimo istisno etmaydi», – dedi Kreml matbuot kotibi.

Peskov avvalroq ham Putin va Zelenskiy o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo‘lishi mumkinligi, ammo bu «ikki delegasiya o‘rtasidagi turli sohalardagi aniq kelishuvlar natijasi» bo‘lishi kerakligini aytgan.

Kreml rasmiysining qo‘shimcha qilishicha, Putin va Zelenskiyning uchrashuvini o‘tkazish uchun hozircha tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmayapti.

«Rossiya Ukrainadagi mojaroni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lib qolmoqda», – deydi Peskov.

Ma’lumot uchun, Zelenskiy urushni tugatish uchun Putin bilan shaxsiy uchrashuv zarurligini bir necha bor ta’kidlab kelgan.

Kiritildi: 16:42 04.08.2025. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!