Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin yoqimli bayonotlar berdi va AQShni hurmat qilishini yana bir bor ta’kidladi — Donald Tramp

Putin yoqimli bayonotlar berdi va AQShni hurmat qilishini yana bir bor ta’kidladi — Donald Tramp

Prezident Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning so‘nggi bayonotiga ijobiy munosabat bildirdi. Putin ushbu bayonotida Qo‘shma Shtatlarning hozirgi prezidentiga "hurmat" bilan munosabatda bo‘lishini aytgandi.

"Vladimir Putin bugun juda yoqimli bayonotlar berdi. U yana mamlakatimizni hurmat qilishini aytdi. Bir yil avval u Qo‘shma Shtatlarni hurmat qilmasdi, buni aniq ayta olaman. Lekin hozir Putin mamlakatimizni hurmat qiladi. Xitoy yetakchisi Si Jinpin ham mamlakatimizni hurmat qiladi. KXDR rahbari Kim Chen In ham mamlakatimizni hurmat qiladi. Ular yana mamlakatimizni hurmat qilmoqda. Bir yil avval biz hurmat qilinadigan davlat emas edik", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Shundan so‘ng Donald Tramp yana sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati AQSh uchun qanchalik yomon va zararli bo‘lgani haqida gapirdi.

Juma kuni Putin jurnalistlarga Tramp bilan uchrashuviga hozirdanoq tayyorlanayotganini aytib, quyidagicha fikr bildirgandi:

"Men Qo‘shma Shtatlarning hozirgi prezidentini judayam hurmat qilaman. U hokimiyatga va Oq uyga qaytish uchun juda uzoq, qiyin va xavfli yo‘lni bosib o‘tdi. Tramp jasur inson".

Kiritildi: 10:40 28.06.2025. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!