Ukrainadagi «mojaro»ning har qanday natijasi Rossiya foydasiga va jang maydonidagi voqeliklarga asoslanishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Olga Skabeeva bilan suhbatda.
"Har qanday natija Rossiya foydasiga bo‘lishi kerak, men hech qanday tortinmasdan to‘g‘risini aytyapman. Va jang maydonida yuzaga kelgan voqelikdan kelib chiqishi kerak," - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiya va Ukraina nimadir bo‘yicha kelishib olishi mumkin, deyishga hali erta, Moskva va Kiyev o‘rtasida mazmunli muzokaralar yo‘q, dedi Putin. «Hozir tafsilotlarga to‘xtalishni istamayman, chunki mazmunli muzokaralar yo‘q, qarshi tomon esa bundan bosh tortmoqda», dedi u.