Rossiya agrosektori yuqori unumdor va yuqori texnologiyali bo‘lib bormoqda, shuning uchun bu soha muhandislar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin, deb ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya - imkoniyatlar mamlakati" NNT kuzatuv kengashi yig‘ilishida. U mamlakatda kartoshka yetishmovchiligi kuzatilayotganini eslatib, robototexnika mutaxassislarini agrar sohani e’tibordan chetda qoldirmaslikka chaqirdi.
"Kecha agrobiznes vakillari bilan uchrashuvda ma’lum bo‘ldiki, kartoshka yo‘q ekan. Aleksandr Grigorevich bilan suhbatlashganimda, u: "Bizda bor narsaning hammasi Rossiyaga sotib bo‘lingan," dedi. Bu yerda ham qiladigan ishlar ko‘p! Agrosektorimiz yuqori unumli, yuqori texnologiyali va juda qiziqarli ish yo‘nalishiga aylanmoqda, uni e’tibordan chetda qoldirmaslikni tavsiya etaman," - dedi Putin.
Bir kun oldin tadbirkorlar vakillari bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin Putinga Belarusda kartoshka tugaganini ma’lum qildi. U prezidentning o‘z hosiliga ega bo‘lish zarurligi haqidagi fikriga shunday javob berdi.
Oreshkinning so‘zlari qo‘shni davlatni "kartoshka bo‘yicha mutaxassis" deb atagan Rossiya rahbarini hayratga soldi. "Qanday qilib tugabdi? - deb so‘radi Putin. - Maksim Belorussiyada kartoshka tugaganini aytmoqda. Bu nima degani o‘zi?"