Bugun 18 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin xorijlik hamkorlar bilan muloqotga ochiq

Putin xorijlik hamkorlar bilan muloqotga ochiq

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik hamkorlar bilan aloqalar uchun ochiqligicha qolmoqda va Rossiya hech qachon bu aloqalarni cheklash tashabbusi bilan chiqmagan. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 17 noyabr kuni Putin bilan "kontekst imkon berganda" muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmasligini aytdi. Jurnalistlarning Rossiya va Fransiya yetakchilari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan telefon suhbati haqidagi savoliga javob berar ekan "Putin o‘zining barcha aloqalarga ochiq ekani va hech qanday tarzda Rossiya tomoni bu aloqalarni cheklash tashabbuskori bo‘lmagani haqidagi so‘zlarini bir necha bor takrorlagan. Shu bois, Fransiya tomonida yoki boshqa mamlakatlar tomonida gaplashish istagi paydo bo‘lishi bilanoq, ular buni amalga oshirishlari mumkin" - dedi Peskov.

Kiritildi: Bugun 16:39. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!