Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin Vuchichga Ukrainadagi urush haqida ma’lumot berdi

Putin Vuchichga Ukrainadagi urush haqida ma’lumot berdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ikki yarim yil ichida birinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Serbiya yetakchisi suhbatni "yaxshi, ochiq, uzoq va mazmunli" deb atadi.

"Biz barcha muhim ikki tomonlama masalalar, shu jumladan iqtisodiy masalalar bo‘yicha fikr almashib oldik. Men prezident Putinga alohida minnatdorchilik bildirdim, chunki u "Gazprom" rahbari Aleksey Miller orqali Rossiyaning bu qishda ham Serbiya Respublikasini yetarli miqdorda gaz bilan ta’minlashini kafolatladi," - deya ta’kidladi Vuchich o‘zining Instagramda e’lon qilingan murojaatida.

Vuchich, shuningdek, tomonlar hal qilinmagan barcha masalalarni "yaqin vaqt ichida" muhokama qilishini aytdi. U Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi va Serbiya tomonining BMTdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 19:24 20.10.2024. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!