Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvning asosiy maqsadi erishilgan kelishuvlarni yakuniy imzolashdan iborat bo‘ladi.
"Eng muhimi – uchrashuvning maqsadi. Nima uchun uchrashish kerak? Putin istalgan vaqtda Moskvada uchrashishga tayyorligini aytgan. Asosiysi, uchrashuvdan maqsad bo‘lishi va u natija berishi kerak. Bunday uchrashuv faqat kelishuvlarni yakunlash uchun o‘tkazilishi mumkin", — dedi Peskov.
Aprel o‘rtalarida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Kiyev Zelenskiy va Putin uchrashuvini Turkiyada o‘tkazishga tayyorligini bildirgandi. Ukraina ushbu sammitda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va AQSh prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishini istamoqda.