Financial Times nashrining yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh boshchiligida olib borilayotgan tinchlik muzokaralariga ehtiyotkor va sovuq munosabat bildirmoqda.
Nashrga ko‘ra, tomonlar hozircha Vashington taklif qilayotgan diplomatik format orqali yaqin orada katta yutuqlarga erishish mumkinligiga ishonmayapti.
Maqolada ta’kidlanishicha, Moskva va Kiyev o‘z pozisiyalarida qat’iy qolmoqda, bu esa AQShning vositachilik sa’y-harakatlarini murakkablashtirmoqda.