Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, uchrashuvda, xususan, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urushni yakunlash bo‘yicha bevosita muzokaralarni qayta boshlash imkoniyati muhokama qilingan. Kreml bu muzokaralarni "konstruktiv va juda foydali" deb atadi.
"Uchrashuv Rossiya va Qo‘shma Shtatlarning nafaqat Ukraina, balki bir qator boshqa xalqaro masalalar bo‘yicha ham pozisiyalarini yaqinlashtirishga imkon berdi", — deya qo‘shimcha qildi Ushakov.
Oq uy ushbu uchrashuv yuzasidan hozircha izoh bermagan.