Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Putin va Trampning maxsus elchisi uchrashdi: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar muhokama qilindi

Putin va Trampning maxsus elchisi uchrashdi: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar muhokama qilindi

AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoffning tashriflari shattl diplomatiyasi ekanligini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Bu aynan shattl diplomatiyasi, ha. Bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan vositachilik xizmatidir," - dedi matbuot kotibi Zarubinning tegishli savoliga javob berarkan.

Shattl diplomatiyasi - tomonlar o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilish uchun vositachi ular orasida harakatlanib muzokaralar olib borish usulidir. Diplomat har bir tomon bilan alohida uchrashib, ularning taklif va talablarini bir-biriga yetkazadi.

Peskovning aytishicha, Uitkoff maxsus vakil sifatida Amerika rahbari Donald Trampning xabarlarini olib keladi va unga ma’lumot yetkazib ketadi.

Matbuot kotibi qo‘shimcha qilishicha, shaxsiy suhbatda "barcha nozik jihatlarni tushuntirish" telefon orqali gaplashishga qaraganda osonroq. U "Bu Amerika tomoniga o‘z nuqtai nazarimizni yetkazish uchun qulay imkoniyat," deya yakunladi.

25 aprel kuni Kremlda Uitkoff va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash imkoniyatini muhokama qilishdi.

Kiritildi: 21:40 25.04.2025. O'qildi: 735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!