Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Putin va Si Jinpin o‘yin qilinmaydigan kuchli va aqlli odamlar

Putin va Si Jinpin o‘yin qilinmaydigan kuchli va aqlli odamlar

Tramp Putin va Si Jinpin o‘yin qilinmaydigan kuchli va aqlli odamlar ekanini aytdi.

"Ularning Ikkovi ham qat’iy, aqlli va juda kuchli yetakchilar. Bunday odamlar bilan o‘yin o‘ynab bo‘lmaydi", — dedi Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida.

AQSh prezidentining boshqa bayonotlari:

◾️ Ko‘plar mening hokimiyatda qolishni istayotganimni aytgan bo‘lsa-da, uchinchi prezidentlik muddat haqida o‘ylaganim yo‘q;

◾️ Yadroviy qurolsizlanish masalasini Putin va Si Jinpin bilan muhokama qildim. Qo‘shma Shtatlarda boshqa har qanday mamlakatdan ko‘ra ko‘proq yadroviy qurol bor. Menimcha, biz yadroviy qurolsizlanish borasida biror chora ko‘rishimiz lozim;

◾️ Yadroviy sinovlar o‘tkazish zarur, bu orqali qurollarning ishlashini tekshirib ko‘rish mumkin. Rossiya va Xitoy ham sinovlar o‘tkazmoqda, ammo ular bu haqda ochiq gapirmaydi. Shimoliy Koreya esa doimiy ravishda sinov o‘tkazmoqda. Boshqa davlatlar ham shunday;

◾️ Rossiya va Xitoy nafaqat yadroviy qurolni yetkazib berish tizimlarini, balki yadroviy qurollarning o‘zini ham sinovdan o‘tkazmoqda;

◾️ Demokratlardan farqli o‘laroq, Respublikachilar partiyasida prezidentlikka ko‘p nomzodlar bor. Ular orasida AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubio alohida ajralib turadi;

◾️ Eron hozirda yadroviy salohiyatsiz. Ular bu sohada hech qanday imkoniyatga ega emas.

Kiritildi: 16:52 03.11.2025. O'qildi: 1320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!