Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin va Muhammad bin Salmon Falastin hududidagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

A A A
Putin va Muhammad bin Salmon Falastin hududidagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon "Falastin hududlarida harbiy harakatlarni to‘xtatishga" chaqirdi.

Saudiya Arabistonining SPA agentligi xabariga ko‘ra, chorshanba kuni Ar-Riyodda rasmiy muzokaralar o‘tkazgan Putin va bin Salmon nomidan qo‘shma yozma bayonot e’lon qilindi.

Bayonotga ko‘ra, Putin va bin Salmon Ar-Riyoddagi Al-Yamama saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.

Mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, terrorizm, radikalizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashda muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar, shuningdek, G‘azodagi gumanitar halokatdan xavotir bildirdilar.

Putin va bin Salmon "Falastin hududlarida harbiy harakatlarni to‘xtatish, tinch aholini himoya qilish va xalqaro gumanitar tashkilotlarga o‘z vazifalarini bajarishiga imkon berish zarurligini" ta’kidladi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning tiklanishi “mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatlar suverenitetini himoya qilish va Eronning ichki ishlariga aralashmaslik”ga hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

Kiritildi: 21:44 07.12.2023. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!