Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi.
Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
"Rossiya prezidenti, shuningdek, Kim Chen In bilan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lajak muzokaralar doirasidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Tramp o‘rtasidagi muzokaralar 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning xabar berishicha, ikki davlat rahbarlari Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilish masalasini muhokama qilishadi. Bugun Oq uy Putin va Tramp Ankorijda uchrashishini ma’lum qildi.