Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin va Erdo‘g‘on Sochida Suriya va Ukraina masalalarini ham muhokama qiladi

Putin va Erdo‘g‘on Sochida Suriya va Ukraina masalalarini ham muhokama qiladi

Turkiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida Suriya va Ukraina atrofidagi vaziyat masalalari ko‘rib chiqiladi, deb xabar berdi juma kuni Turkiyaning Andalou axborot agentligi.

Xabarda qayd etilishicha, tomonlar Suriyani tartibga solish va Ukraina portlaridan g‘alla tashish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.

Xususan, “Turkiya va Rossiya Federasiyasi yetakchilari “g‘alla yo‘lagi” yo‘lidagi muammolarni bartaraf etish choralarini muhokama qiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Xabarda aytilishicha, Erdo‘g‘on Ukraina muammosini muhokama qilar ekan, Anqaraning mojaroni hal qilishga hissa qo‘shishga tayyorligiga “e’tibor qaratish” niyatida.

Tomonlar, shuningdek, “ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish, hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, energetika va mudofaa sanoati, strategik loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar”, deb yozadi Andalou.

Kiritildi: 14:23 05.08.2022. O'qildi: 1633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!