Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan nazoratni saqlab qolish kabi “qisqa muddatli maqsadlarga” e’tibor qaratmoqda

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan nazoratni saqlab qolish kabi “qisqa muddatli maqsadlarga” e’tibor qaratmoqda

Putin Ukrainaning bosib olingan hududlari ustidan nazoratni saqlab qolish kabi “qisqa muddatli maqsadlarga” e’tibor qaratmoqda.

"AQSh va Yevropa rasmiylari o‘rgangan yangi razvedka ma’lumotlari Vladimir Putin urushda o‘z diqqatini Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarda ta’sirini mustahkamlash kabi “qisqa muddatli maqsadlarga” qaratgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda", deyiladi xabarda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra , yana bir qisqa muddatli maqsad — Rossiyaning og‘ir ahvolda turgan iqtisodiyotini rag‘batlantirish hisoblanadi.

Razvedka baholariga ko‘ra, ilgari Putin urushdagi vaziyatni o‘zi uchun foydali deb hisoblagan va Moskva kerakli kuch hamda resurslarga ega deb o‘ylagan.

CNN manbalariga ko‘ra, Putinning fikri o‘zgarayotganini ko‘rsatuvchi hozirgi razvedka ma’lumotlari Donald Tramp va uning jamoasini Rossiya prezidenti tinchlik kelishuvini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lishi mumkinligiga ishontirgan.

Biroq CNN'ning yozishicha, yuqori martabali amerikalik rasmiylar Putinning tinchlikka erishishni xohlashi haqidagi da’volariga nisbatan hanuz shubha bilan qaramoqda.

"Hatto Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa ham, ma’lum muddatdan keyin urushni qayta boshlab, yana Ukrainaning yanada ko‘proq hududlarini egallashga urinishi mumkin. Menimcha, u ayni paytda o‘zi uchun eng maqbul deb bilgan maqsadiga intilayotgan bo‘lishi mumkin", — deydi G‘arb razvedkasining yuqori lavozimli xodimi.

Kiritildi: 16:57 02.05.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!