Bu haqida Bloomberg xabar berdi.
Agentlikning Rossiya rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO a’zosi bo‘lgan Italiyaga “xavfsizlik nuqtai nazaridan” bormaslikka qaror qilgan. Shuningdek, Rossiya Vatikanni Ukraina bo‘yicha mojaroda betaraf tomon deb hisoblamaydi.
Bundan tashqari, Vatikanning muzokaralardagi ishtiroki Rossiya pravoslav cherkovi tomonidan ham shubha bilan qarshi olinmoqda, ular Vatikanni Ukrainadagi “tarixiy raqib” deb hisoblashadi.
Moskva muzokaralar uchun maydon sifatida Turkiyani ko‘proq ma’qul ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Rossiyaning “Izvestiya” gazetasining xabar berishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bilan navbatdagi muzokaralar bosqichi Vatikan hududida o‘tishi ehtimolini rad etmayapti.