Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin Ukraina bilan urushga jalb qilingan barcha hindistonliklarni Rossiya armiyasidan chetlashtirishga ruxsat berdi

Putin Ukraina bilan urushga jalb qilingan barcha hindistonliklarni Rossiya armiyasidan chetlashtirishga ruxsat berdi

Putin Ukraina bilan urushga jalb qilingan barcha hindistonliklarni Rossiya armiyasidan chetlashtirishga ruxsat berdi — NDTV.

Ushbu masalani Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvada bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin bilan uchrashuvda ko‘tardi, deya xabar bermoqda telekanal manbalarga tayanib. NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Putin Rossiya armiyasiga chaqirilgan barcha Hindiston fuqarolarini chetlatishga va ularning qaytishiga ko‘maklashishga rozi bo‘lgan.

Mart oyida Hindiston rasmiylari aldov yo‘li bilan, Rossiya tomonida Ukrainaga jangga jo‘natilgan odamlar savdosi tarmog‘ini fosh etganini aytgan edi. Hindiston markaziy tergov byurosiga ko‘ra, Rossiya armiyasiga shu yo‘l bilan kamida 35 nafar hindistonlik fuqaro jo‘natilgan.

Hozirda Ukraina bilan urushda kamida ikki Hindiston fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum, deya qayd etdi NDTV.

Kiritildi: 14:29 09.07.2024. O'qildi: 1435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!