Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Putin Rossiya va O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi hamkorligi muvaffaqiyatini qayd etdi

Putin Rossiya va O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi hamkorligi muvaffaqiyatini qayd etdi

“Mamlakatlarimizning ta’lim sohasidagi samarali hamkorligi, shubhasiz, strategik hamkorlik va ittifoqchilikning ikki tomonlama munosabatlari rivojlanishiga ko‘maklashadi. Asosiysi, bu yo‘nalishdagi birgalikdagi ishlar, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan ma’lum bo‘lgan cheklovlarga qaramasdan, g‘oyat faol va samarali olib borilmoqda”, - deyiladi uning Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida.

Putin O‘zbekistonda tez orada Rossiya oliygohlarining o‘n beshinchi filiali ochilishi, joriy yilda Rossiyadagi o‘zbekistonlik talabalar soni 43 mingdan oshganini qayd etgan.

Rossiya rahbari forum ishtirokchilari tashabbuslari va g‘oyalariga amalda talab yuqori bo‘lishi va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

16-17 noyabr kunlari Moskva shahrida Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 18:11 16.11.2021. O'qildi: 2123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!