Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin «oreshnik» hujumlari haqida nima dedi?

Putin «oreshnik» hujumlari haqida nima dedi?

Payshanba kuni rejadan tashqari televizion chiqishida Putin Dnepr shahriga berilgan zarba «Rossiyaning eng yangi o‘rta masofali raketa tizimlaridan biri» jangovar sharoitda sinovdan o‘tganini aytdi.

Putin u «yadroviy bo‘lmagan gipertovushli konfigurasiyada» joylashtirilganini ma’lum qildi va «sinov» muvaffaqiyatli o‘tganini va nishonga tekkanini aytdi.

Putinning aytishicha, havo hujumidan mudofaa vositalari Oreshnikni tuta olmaydi.

«Zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari... bunday raketalarni tuta olmaydi. Buning iloji yo‘q», - dedi Putin.

«Bugungi kunda bunday qurolga qarshi turadigan hech qanday vosita yo‘q», dedi prezident.

Putin, shuningdek, Rossiya «AQSh va uning ittifoqchilari harakatlari asosida o‘rta va qisqa masofali raketalarni keyingi joylashtirish masalasini hal qilishini» aytdi.

Kiritildi: 20:24 23.11.2024. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!