Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin NATOga hujum qilishi mumkin, buni istisno qilib bo‘lmaydi - Jonson

A A A
Putin NATOga hujum qilishi mumkin, buni istisno qilib bo‘lmaydi - Jonson

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonsonning fikricha, Putin prezidentligi paytida Rossiya NATOga a’zo davlatlarga hujum qilishiga ishonadi. U bu haqda “Evropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytgan.

“Ha, u (Putin – tahr.) hujum qilishi mumkin. Men buni istisno qilib bo‘lmaydi, deb o‘ylayman “, – dedi Jonson.

Shu asnoda, u, xususan, Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan suhbatini esladi.

“Masalan, uning vahimali intervyusida Polsha haqida gapirgani menga yoqmadi. Va men ishonamanki, u shunga o‘xshash narsani qilishga harakat qilishi mumkin “, – deya qayd etadi Jonson.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin Ukrainada muvaffaqiyat qozonsa, Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish ehtimoli ortadi.

“Shuning uchun u muvaffaqiyatga erishmasligi kerak. U mag‘lubiyatga uchrashi kerak “, – dedi Jonson.

Oxirgi haftalarda NATO ga a’zo bir qator Yevropa davlatlari ham yaqin kelajakda Rossiya tajovuzi xavfi haqida ogohlantirgandi.

Kiritildi: 08:59 26.02.2024. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!