Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Muzokaralarda Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner ishtirok etmoqda.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu uchrashuvga vaqt chegarasi qo‘yilmasligini va u “qancha kerak bo‘lsa, shuncha davom etishini” aytgan edi.
Uchrashuv davomida Uitkoff va Kushner Putinga Kiyevning pozisiyasi inobatga olingan yangilangan tinchlik rejasi loyihasini taqdim etadi. AQSh va Ukraina vakillari bu rejaning tafsilotlarini 30 noyabr kuni Floridada muhokama qilgan edi.
Uitkoff va Kushner Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bugungi muzokaralardan so‘ng Yevropada Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi, deb yozdi Axios.
Avvalroq, Rossiya prezidenti vakili Kirill Dmitriyev, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner Kremldagi muzokaralar oldidan Moskva markazida sayr qilgani xabar berilgandi.