Rossiya prezidentining nutqidan asosiy iqtiboslar:
▪️ Agar bitta zarbada bir nachta “Oreshnik” raketalari ommaviy ravishda qo‘llanilsa, uning kuchi yadro qurolidan foydalanilishi bilan teng bo‘ladi;
▪️ Rossiyada bir nechta foydalanishga tayyor “Oreshnik” raketa tizimlari mavjud;
▪️ Rossiya G‘arbning uzoq masofali qurollarining davom etayotgan hujumlariga “Oreshnik”ning jangovar sinovlarini davom ettirish bilan javob beradi;
▪️ “Oreshnik” tizimini seriyali ishlab chiqarish boshlangan;
▪️ “Oreshnik” qo‘llanilganda uni zararlovchi elementlarining harorati 4 ming darajaga yetadi;
▪️ “Oreshnik”ning portlash episentridagi hamma narsa elementar zarrachalarga bo‘linib, changga aylanadi;
▪️ “Oreshnik” hatto katta chuqurlikda joylashgan yuqori darajada himoyalangan ob’ektlarga ham ta’sir qiladi;
▪️ Rossiya yaqin kelajakda boshqa yangi turdagi qurollarga ega bo‘lishi mumkin;
▪️ Rossiyaning X101 raketasi masofa bo‘yicha Yevropada ishlab chiqarilgan tizimlardan sezilarli darajada oshib ketdi;
▪️ Rossiya bir necha bor G‘arb davlatlari e’tiborini Kiyevga uzoq masofali raketa zarbalariga ruxsat berish G‘arbning mojaroga bevosita aralashuvini anglatishiga qaratgan;
▪️ Rossiya Ukrainaga G‘arb tomonidan qancha qurollar yetkazib berilgani va yana qanchasi yetkazilishi rejalashtirilganligini biladi;
▪️ Kiyev rejimi rahbari raketalardan tashqari boshqa harbiy texnikalar ham so‘raydi;
▪️ Kiyev rejimining yetakchilari saylovlarni o‘tkazmay turib, qurolli kuchlarga buyruq berishga haqqi yo‘q, ular legitimligini yo‘qotgan;
▪️ Ukrainada hokimiyatni egallab olganlarning buyrug‘ini bajarayotganlar ularning jinoyatlariga sherik hisoblanishadi;
▪️ Hozirda Ukrainaga hujum qilish uchun nishonlar tanlanmoqda;
▪️ Nishonlar Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlari bo‘lishi mumkin;
▪️ Rossiya yo‘q qilish uchun tanlangan nishonlarning xususiyatlari va tahdidlariga qarab yo‘q qilish vositalarini tanlaydi.