Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shiboniy va unga hamrohlik qilgan delegasiya bilan uchrashdi.
Bu haqda Suriyaning SANA agentligi ma’lum qildi.
Avvalroq Asaad al-Shiboniy Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazgan edi. Moskvaga ilk rasmiy tashrif bilan kelgan delegasiya tarkibida Suriya mudofaa vaziri Murhaf Abu Qasra, razvedka boshqarmasi rahbari Husayn Salama, tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Ibrohim al-Olabiy va tashqi ishlar vazirligi kanselleri rahbari Muhsen Mahbash bor, deya xabar bermoqda Suriya telekanali.
Delegasiya Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi, unda tomonlar bir qator harbiy masalalarni muhokama qildilar.