Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin kamida 24 nafar qarindoshini davlatning yuqori lavozimlariga joylashtirgan — “Proyekt”

Putin kamida 24 nafar qarindoshini davlatning yuqori lavozimlariga joylashtirgan — “Proyekt”

Nashr jurnalistlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga ko‘ra, Putinning qizlari Mariya Voronsova va Katerina Tixonova, prezidentning amakivachchalari Yevgeniy va Igor Putin, shuningdek qarindoshlari Lyubov Shelomova va Lyubov Kruglova shular jumlasidandir.

"Eng yuqori mavqedagi lavozimlar prezidentning amakivachchasi Yevgeniy Putinning qarindoshlariga berilgan. Anna Sivileva (Evgeniyning qizi, prezidentning jiyani) Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlaydi, uning eri Sergey Energetika vaziri hisoblanadi. Anna Sivilevaning akasi Mixail Putin “Gazprom”da yuqori lavozim egasi", deyiladi maqolada.

Shuningdek, davlat lavozimlariga Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Ocheretnaya va yana “uch mashhur sevgilisi” — Alina Kabayeva, Svetlana Krivonogix va Alisa Xarchevaning oilalari a’zolari ham joylashtirilgan.

"Putin davlat lavozimlariga joylashtirilgan qarindoshlar soni bo‘yicha Romanovlar sulolasi davridan keyingi Rossiya rahbarlari orasida rekord o‘rnatgan. Masalan, hukumatda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yishda ayblangan Rossiyaning 1-prezidenti Boris Yelsin kamida besh nafar qarindoshini yuqori lavozimlarga joylashtirgan edi", deya qayd etadi “Proyekt”.

Kiritildi: 16:13 08.11.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!