Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin JAR prezidentiga Trampning elchisi bilan uchrashuv yakunlari haqida ma’lumot berdi

A A A
Putin JAR prezidentiga Trampning elchisi bilan uchrashuv yakunlari haqida ma’lumot berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa bilan telefon orqali muloqot qildi.

Kreml matbuot xizmati xabar berishicha, Rossiya yetakchisi o‘z suhbatdoshini AQSh yetakchisining elchisi Stiven Uitkoff bilan uchrashuv yakunlari haqida ma’lum qilgan.

Putin va Ramafosa, shuningdek, Rossiya-Janubiy Afrika har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Prezidentlar, shuningdek, aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Putin Moskvada Trampning maxsus vakili bilan uchrashgan edi. Uchrashuvdan so‘ng Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov yaqin kunlarda Putin va Trampning uchrashuvi kelishib olinishini aytdi.

Kiritildi: 08:00 08.08.2025. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!