Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Putin har doim “siyosiy vorisi” haqida o‘ylashini, ammo yakuniy tanlovni Rossiya xalqi qilishi kerakligini aytdi

Putin har doim “siyosiy vorisi” haqida o‘ylashini, ammo yakuniy tanlovni Rossiya xalqi qilishi kerakligini aytdi

Putin har doim “siyosiy vorisi” haqida o‘ylashini, ammo yakuniy tanlovni Rossiya xalqi qilishi kerakligini aytdi.

Rossiya prezidenti bu haqda “Rossiya 1” telekanalida efirga uzatilgan “Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil” hujjatli filmida aytib o‘tdi.

"Men doim bu haqda o‘ylayman. Ammo, oxir-oqibat, tanlov Rossiya xalqi, fuqarolarimiz, saylovchilarga bog‘liq", — deya ta’kidladi Putin.

Prezident, shuningdek, har bir ehtimoliy nomzodning salohiyatini doimiy ravishda ko‘rib chiqayotgani va baholayotganini aytdi. Davlat rahbari xalq ishonchiga ega bo‘lmagan odamning biror jiddiy ish qilish imkoniyati bo‘lmasligini aytdi.

Putinning boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya 2014 yilda Qrim va Sevastopol aholisini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘lgan;

◾️ 2014 yildan beri Rossiya G‘arb tomonidan Qrim voqealari ortidan joriy etilgan sanksiyalar tufayli “katta iqtisodiy sakrash”ga erishgan;

◾️ Rossiya “maxsus harbiy operasiya”ga oldindan va ataylab tayyorgarlik ko‘rmagan;

◾️ 2014 yilda “maxsus harbiy operasiya”ni boshlash haqiqatga to‘g‘ri kelmas edi, Moskva “kollektiv G‘arb” bilan ziddiyatga tayyor emas edi;

◾️ Rossiya, aslida, butun “kollektiv G‘arb”ga yakka holda qarshi turmoqda;

◾️ Rossiya kelajakda “Minsk kelishuvlari” tajribasini hisobga olishi kerak.

Kiritildi: 17:01 04.05.2025. O'qildi: 710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!