Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Putin G‘azodagi rossiyaliklarni evakuasiya qilishga buyruq berdi

Putin G‘azodagi rossiyaliklarni evakuasiya qilishga buyruq berdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya va MDH davlatlari fuqarolarini G‘azo sektoridan evakuasiya qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi.

Putin Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Tashqi razvedka xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda G‘azo sektoridagi vaziyatning avj olishini hisobga olgan holda fuqarolarni evakuasiya qilishning aniq muddati va formatini belgilashni buyurdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga TIV bilan kelishilgan holda evakuasiya qilingan fuqarolarni Moskvaga etkazib berishni ta’minlash topshirildi.

“Isroil davlati Qurolli Kuchlarining harbiy amaliyoti oqibatida G‘azo sektoridagi vaziyatning keskin yomonlashuvi munosabati bilan Rossiya Federasiyasi fuqarolari va shunday istakni bildirgan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolarini G‘azo sektoridan evakuasiya qilish ta’minlansin”, deyiladi Prezidentning huquqiy axborot portalida e’lon qilingan buyrug‘ida.

Hujjat bugun, 20 may sanasida imzolangan va shu kundan boshlab kuchga kirdi.

Kiritildi: 21:50 20.05.2021. O'qildi: 4033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!