Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Putin bilan kelishmaydiganlar ta’lim sohasidan chetlashtirilmoqda

Putin bilan kelishmaydiganlar ta’lim sohasidan chetlashtirilmoqda

Rossiya Davlat dumasida chet el agentlariga qarshi yangi takliflar tayyorlandi (Rossiyada Putin va hozirgi siyosiy tuzumga qarshi bo‘lgan ziyolilar vakillari chet el agentlari deb ataladi - tahr.), deb ma’lum qildi quyi palataning Rossiya ichki ishlariga chet davlatlarning aralashuvi holatlarini tekshirish bo‘yicha komissiyasi raisi Vasiliy Piskarev. Qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlarning maqsadi, xususan, "ta’lim tizimidan chet el agentlarini butunlay chiqarib tashlashdir".

Qonun loyihalari hafta oxirigacha Dumaga kiritilishi rejalashtirilgan, dedi Piskarev.

Deputatlarning takliflaridan biri - norozilar va muxolifatchilarga ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirishni butunlay taqiqlashdir. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, ular barcha Rossiya fuqarolari, shu jumladan kattalar uchun ma’ruzalar, taqdimotlar, seminarlar, mahorat darslari, davra suhbatlari va munozaralar o‘tkaza olmaydi, deb tushuntirdi Piskarev.

Agar ta’lim tashkiloti xorijiy agent deb tan olinsa, uning lisenziyasining amal qilishi to‘xtatiladi.

Kiritildi: 21:15 29.01.2025. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!