Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Putin AQShga jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida muzlatishni taklif qilgan

Putin AQShga jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida muzlatishni taklif qilgan

Vladimir Putin AQShga jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida muzlatishni taklif qilgan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 11 aprel kuni Vladimir Putin AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv chog‘ida unga jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘ida muzlatishni taklif qilgan. Bu haqda Financial Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Gazeta bilan suhbatlashgan uchta manbaning aytishicha, Putin Moskva anneksiya qilingan deb e’lon qilgan Ukrainaning to‘rtta viloyatini barcha hududlariga bo‘lgan da’volaridan voz kechishga tayyorligini bildirgan va faqat Rossiya hozirda nazorat qilayotgan hududlarni o‘zida saqlab qolmoqchi. Ya’ni, urushni ayni paytdagi front chizig‘ida to‘xtatishni taklif qilgan.

Putin buning evaziga Qo‘shma Shtatlardan Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishini va Ukrainani NATO'ga a’zo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishini istaydi.

G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Vashington urushni to‘xtatish evaziga bu ikki shartni bajarishga tayyor.

FT ma’lumotiga ko‘ra, Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida kelishuvga 30 aprelgacha erishmoqchi, shunda u prezidentligining ilk 100 kunida tinchlik o‘rnatganini da’vo qilishi mumkin bo‘ladi.

Maqolada aytilishicha, Rossiya jangovar harakatlarni faqat ukrain qo‘shinlari Kursk viloyatidan butunlay siqib chiqarilgandan keyin to‘xtatishi mumkin.

Kiritildi: 09:02 23.04.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!