Saytda qayd etilishicha, ariza topshirish uchun avvalo Ichki xavfsizlik vazirligi xizmatlari uchun $15 ming to‘lash talab qilinadi.
Tekshiruvdan o‘tgan nomzod $1 mln to‘lab, rekord muddatda “Trampning oltin kartasi” orqali rezidentlikka ega bo‘lishi mumkin.
Saytga ko‘ra, arizani ko‘rib chiqish jarayoni bir necha hafta davom etadi. Agar ariza rad etilsa, $15 minglik yig‘im qaytarilmaydi.
Hukumat, shuningdek, “oltin karta” ham boshqa vizalar kabi istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi.