Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"PSJ" "Real" futbolchisidan voz kechdi

"PSJ" "Real" futbolchisidan voz kechdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga katta ehtimol bilan «Pari Sen-Jermen»ga o‘tmaydi.

Tarqalgan ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, «qirollik klubi» kelayotgan yozda fransiyalik futbolchini sotishga tayyor. Yarim himoyachining xizmatlari «PSJ»ga taklif qilingan, biroq parijliklar uning nomzodini ko‘rib chiqishni rad etishgan, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri Media Foot’ga tayanib. 23 yoshli o‘yinchiga, shuningdek, Angliya Premyer-ligasi vakillari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Transfermarkt portali Eduardo Kamavinganing narxini 50 mln yevroga baholagan, uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi «Real» safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:37 05.04.2026. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!